Nobel mukofoti sovrindorlaridan biri haqida uchta ma\'lumot yozing.​
Ответ
4 (11 оценок)
8
ashurovamadina46612 1 год назад
Светило науки - 12 ответов - 0 раз оказано помощи

Ответ:

Tinchlik bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti Rossiyaning “Memorial” huquqni himoya qilish tashkiloti (u Rossiyada sud qarori bilan rasman tugatilgan), belaruslik huquq himoyachisi, “Vyasna” huquqni himoya qilish markazi raisi Ales Belyatskiy hamda Ukrainaning “Fuqarolar erkinliklari markazi” tashkilotiga berildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Twitter / @NobelPrize

Foto: Twitter / @NobelPrize

“Tinchlik mukofoti sovrindorlari o‘z mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyati vakillaridir. Ko‘p yillar mobaynida ular hukumatni tanqid qilish va fuqarolarning asosiy huquqlarini himoya qilish huquqini yoqlab keldi. Ular harbiy jinoyatlar, inson huquqlari buzilishi va hokimiyatning suiiste’mol qilinishini hujjatlashtirish uchun katta kuch sarfladi. Ularning barchasi birgalikda tinchlik va demokratiya uchun fuqarolik jamiyatining ahamiyatini namoyon qiladi”, — deyiladi qo‘mita bayonotida.

2022-yilgi Nobel haftaligi 3-oktabrda boshlandi. An’anaga ko‘ra, birinchi bo‘lib tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha mukofot g‘oliblari e’lon qilindi. 2022-yilda shved olimi Svante Paabo “yo‘q bo‘lib ketgan gomininlar genomi va inson evolyutsiyasiga oid kashfiyotlar” uchun mukofotga sazovor bo‘ldi.

4-oktabr kuni esa fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. Bu yilgi mukofot uch nafar olim — Alen Aspe (Fransiya), Jon F. Klauzer (AQSH) va Anton Zaylingerga (Avstriya) “chigal fotonlar bilan tajriba o‘tkazgani, Bell tengsizliklarining buzilishini aniqlagani va kvant informatikasidagi kashfiyotlari” uchun berildi.

5-oktabrda amerikalik Karolin Bertotssi va Barri Sharpless hamda daniyalik Morten Meldal kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari deb e’lon qilindi. Olimlar “klik-kimyo va bioortogonal kimyo uslublarini ishlab chiqqani” uchun mukofotlandi.

6-oktabr kuni adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti g‘olibi e’lon qilindi. Uni fransuz yozuvchisi Anni Erno “jasorat va klinik aniqlik bilan inson xotirasining manbalari, kollektiv cheklovlari va begonalashuvini ochib bergani uchun” qo‘lga kiritdi.

10-oktabrda esa iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini kim olgani e’lon qilinadi.

Mukofotlarni topshirish marosimi 10-dekabrda — mukofot ta’sischisi Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi. Odatda sovrindorlar mukofotlarni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ishtirokidagi tantanali marosimda shaxsan qabul qilib oladi. Biroq 2020 va 2021-yillarda koronavirus pandemiyasi tufayli, marosim videoformatda o‘tkazilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga Rossiyaning “Novaya gazeta” nashri bosh muharriri Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist, Rapple muxolifatchi sayti rahbari Mariya Ressa sazovor bo‘lgandi.

Остались вопросы?