erkin mavzusida matn tuzish
Ответ
0 (0 оценок)
0
abdulazizqalandarov7 1 год назад
Светило науки - 5 ответов - 0 раз оказано помощи

Ответ:

Erkinlik — kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik — boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. Erkinlik insonning jamiyat oldidagi vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, maʼnaviy taʼqibdan, zoʻravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik oʻz baxtini oʻzi yaratish vositasi boʻlib, insonning oʻzligini anglash darajasini ifodalaydi.Abu Mansur Moturidiy islomdagi iroda erkinligini sharhlab, insonga berilgan aql-idrok unga oʻz xatti-harakatida yaxshilik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, toʻgʻri yoki egri yoʻlni tanlash erkinligini berdi, bizning kelajagimiz shu yoʻllardan qay birini tanlay olishimizga bogʻliq, deb uqtirgan. Inson erkin ongli faoliyati bilan hayvondan farq qiladi. Hayvonlar shart-sharoit va vaziyatga qaramdir. Inson esa ongli ravishda maqsadga erishish yoʻlini izlaydi.

Остались вопросы?