kutubxonaga hurmat- kitobdan boshlanadi mavzusida matn yaratish.
Ответ
2 (4 оценки)
3
muminabakaeva26 1 год назад
Светило науки - 4 ответа - 0 раз оказано помощи

Ответ:

Esimda o'sha damlar. Tashqari ga chiqsam sovuq burun, yuz-kuzlarimni chimchilayotganday seskanar edim. Oyim tashqariga chiqma shamollab qolasan deb tashqariga chiqarmaslik niyatidami chaqirib olib oldimga bir ikkita rasmli kitoblarni quyib quyardilar. Mana qaragin rasmlarda kimlarni kuryapmiz? Bu bizning oila. Mana bu buving, bu bobong, gazeta uqiyapkan dadang, seni kiyimlaringni taklayapgan men ,sen menga yordam beryapsan, uyinchoq o'ynayotgan ykajoning deb tushuntirar edilar. Kitobdagi rangli rasmlarga qiziqish bilan qarab turar edim.Ikki, uch kunda uydagilar kitobimni yangilab turar edilar. Dadam daftar, ruchka, rangli qalamlar olib kelib berar edilar. Turli shakllarni o'zimcha kitobga qarab chizar edim.Dadam menga bir shkaf olib kelib, bu senga dedilar. Bu nima, nima qilaman deb savollar bera boshladim. Ona qizim ,kitobxon qizim,bu seni kitob daftarlaringni uyi. Qani kitob, daftarlaringni endi manashu shkafga chiroyli qilib joylaymiz deb joylashga yordam berib yubordilar. Kitoblarim sekin asta ko'paya boshladi. Mendan ikki yosh kichik ukam ham men bilan kitob, ruchka, daftar talashib kuradigan buldi. Qushni o'rtoqlarim chiqsa meni kitoblarimni uyi bor deb ,kursatib maqtanar edim.Kitoblarimni birma bir olib rasmlarini kurib chiqar edik. Bir kuni o'rtog'im oyisini biznikiga boshlab chiqibdi. Qarang menga ham shunaqa kitoblar uyi kilib bering deb ko'rsatgani olib chiqibdi. O'rtog'im ham jovon oldirib kitoblar bilan tuldira boshladi. Bir birimiznikiga chiqib kitoblarimizni maqtanishar edik. Maktab yoshiga yetib maktabga ham chiqdik .Ustozimizni kitob haqidagi ugitlari yanada turtki buldi shekilli yanada kitobga mexr qo'ydik. Ustozimiz qani kim aytadi uyingizda kitoblar bormi? Ha bor deb irg'ib turib javob berdik.Ustozimiz saboqlaridan biz uqish, yozishni urganib oldik.Savodimiz chiqqach ,ustozimiz bizni maktabimizdagi kitoblar turadigan joy bilan tanishtirdilar. Bu yer maktabimizning kitoblari turadigan joy. Bu yer kutubxona deb tanishtirdilar.Sevinchim ichimga sig'may ustoz bizning uyimizda ham kutubxonamiz bor, dadam qilib berganlar dedim. Kichikroqda, mayli men ham kitoblarimni kupaytirib katta kitobxona qilaman deb o'zimga o'zim va'da bergandim. Mana kitoblarim bisyor. O'rtoqlarim bilan bo 'sh vaqtimizni manashu kitobxonamizda o'tkazamiz.

Meni kitobdan kutubxonaga bulgan mexrimni oshirishda o'z hissalarini qo'shgan ota -onamga, ustozlarimga ta'zim qilaman.

Kitob-bu oftob

Kitob bu xayot

Kitob bugo'zal qalb

Kitob aql chirog 'I, tugalmas boylik bu!

Undan sira ketolmasman,

Ta'rifiga aslo yetolmasman.

Hurofotlarni ulamolarimiz aqlu zakovatlari bilan yenganlarku. Madomiki shunday ekan muxtaram Prezidantimizga, vatanimizga qalb nurimiz zakovatimiz bilan xizmat qilishga vada beramiz!!

Остались вопросы?